🧚 Ertaklar
Malika va tõtiqush
12 may 20264 marta o'qilgan3 daqiqa

Qadim zamonda hammadan o‘zini go‘zal va aqlli deb biladigan tantiq Malika bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u qizlar bilan daryo bo‘yida sayr qilib yurganida To‘tiqush ko‘tarib olgan keksa bir Momoni uchratib qolibdi. Kampirning To‘tisi odamlarga taqlid qilib so‘zlashni, hatto kuylashni ham bilar ekan. To‘ti gapirish, kuylashni bilishdan tashqari juda ham go‘zal qush ekan. Malikaga bu qush yoqib qolibdi. Hech kimda yo‘q, noyob, chiroyli narsalar faqat o‘zida bo‘lishini istaydigan shoh qizi bunday ajoyib qush faqat saroyga yarashadi, deb kampirdan To‘tini berishni so‘rabdi. Malikaning istagiga qarshi chiqib bo‘lmasligini bilgan kampir ertasigayoq To‘tini saroyga olib boribdi.
To‘tiqushning odam bolasidek burro so‘zlashini eshitgan Malikaning xayoliga bir fikr kelibdi va Momoga shunday debdi:
— To‘tiga shunday so‘zlar o‘rgatingki, men uni har gal eshitganimda, o‘zimni dunyodagi eng baxtli Malika deb his etay.
Momo bu yosh go‘zal xonimga nima yoqishini darrov anglabdi va To‘tiga «Malikam, Siz dunyoda tengi yo‘q go‘zalsiz», degan so‘zlarni o‘rgatibdi.
Bir necha kunlardan so‘ng bu g‘aroyib qushni tomosha qilish uchun saroy ahli yig‘ilibdi. To‘ti keksa Momo o‘rgatgan so‘zlarni dona-dona qilib takrorlay boshlabdi:
— Malikam, Siz dunyoda tengi yo‘q go‘zalsiz!

Bu so‘zlar Malika uchun qanchalar yoqimli ekanini tasavvur qilish qiyin emas ekan. Malika quvonib ketganidan ustalarni chaqirib, To‘ti uchun shohona qafas yasashlarini buyuribdi. Qafas tayyor bo‘lgach, To‘tini solib uni o‘z xonasiga olib ketibdi. Momoni shohona sarpolar bilan siylashni ham unutmabdi.
To‘tiqush har gal «Malikam, siz dunyoda tengi yo‘q go‘zalsiz», degan so‘zlarni takrorlaganda, Malika toshoyna oldida turib o‘z husnini tomosha qilar, To‘tining maqtovlari uning g‘ururiga g‘urur qo‘sharkan. Malika hatto saroyga uning qo‘lini so‘rab kelgan yigitlarni ko‘rganda, ularning hech biri mening husn-u latofatimga loyiq emas, deb rad javobini beradigan bo‘libdi.
Shoh qizi o‘z husn-u jamoliga mahliyo bo‘lib, To‘tiqushning maqtovlaridan erib vaqt o‘tayotganini sezmabdi ham. Asta-sekin yigitlarning ko‘ngli qolib, bu go‘zal, ammo dimog‘dor Malikaning ostonasidan sovchilar qadami uzila boshlabdi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, tillari burro To‘tiqush o‘z husniga ortiqcha bino qo‘ygan Malikani maqtab hadeb bir gapni gapirishdan charchab, sukunatga cho‘mibdi.
Saroy ahlini rom etib barchadan olqish olgan To‘ti kundan kunga ozib, rangi o‘chib boraveribdi. Nima sababdan To‘tiqush bu holga tushganiga shoh qizining aqli yetmabdi.

Kunlarning birida saroyga qushlar ovoziga taqlid qiladigan va parrandalar tilini tushunadigan bir musofir kelib qolibdi.Kunlarning birida saroyga qushlar ovoziga taqlid qiladigan va parrandalar tilini tushunadigan bir musofir kelib qolibdi. Uning saroyga kelishi Malika uchun ayni muddao bo‘libdi. Musofirga to‘tisi haqida so‘zlab, «Nima qilsam avvalgi holiga qaytadi?», deb so‘rabdi. Musofir undan To‘tini ko‘rsatishini iltimos qilibdi. Malika To‘tini keltirishlarini buyuribdi. Musofir To‘ti bilan yolg‘iz qolgach, undan hol-ahvol so‘rabdi. Necha kunlardan buyon sukunatga cho‘mgan To‘ti tilga kirib, o‘z tilida shunday debdi:
— Saroydek keng, muhtasham bo‘lmasa-da, Momoning uyida baxtiyor edim. Inson ovoziga taqlid qilganimni eshitganlar olqishlashar, meni so‘zlashga o‘rgatgan Momoni ham quruq qo‘yishmasdi. Momo meni juda yaxshi ko‘rib parvarishlar, faqat ko‘chaga chiqqandagina qafasga solardi. Boshqa paytlari esa kengliklarda erkin qanot qoqardim.
U Malikadek hadeb bir gapni takrorlashga majbur qilmasdi. Har kuni yangi-yangi so‘zlar, kuylar o‘rgatardi. Har gal yangi so‘zlar o‘rganganimda behad quvonardim.
Qushlar fe’lini yaxshi biladigan musofir uning aynan shunday javob qaytarishini kutgan ekan. Ammo u Malikaga To‘tiqush aytganlarini so‘zlab o‘tirmabdi. Sababi To‘tiqushni odamlarning bir ermagi deb biladigan Malika bu gaplarni tushunmas ekan-da.
— To‘tingiz qushlarda uchraydigan xavfli bir kasallik bilan og‘rigan. U so‘nggi kunlarini yashamoqda. Uvoliga qolmay desangiz, uni davolashga harakat qilay, — debdi musofir va To‘tini o‘zi bilan olib ketishga ijozat so‘rabdi.
Malikaning rozi bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmabdi.